Русский
O'zbekcha
English
previous arrow
next arrow
Slider

Kompaniya haqida

  “VERIF” MChJ kompaniyasi Turkiya davlatining “TURANLAR” kompaniyasi bilan birgalikda korpusmebelini ishlabchiqarish rejasini ishlabchiqdi va ishgatushirdi. Ushbu sohadagi barcha mutaxassislarimiz Turkiyaning Istanbul shahrida ta’limolib, amaliyot o‘tadi. Hozirgi kunga kelib “VERIF” MChJ kompaniyasi keng assortimentda mebel anjomlarini ishlabchiqarishda muvaffaqqiyatga erishmoqda. Sifatnazoratining yuqori darajasi, loyiha, dizayn va ergonomikaga, har bir jihatga bo‘lgan nozik yondoshuv mebel anjomlarining bejirimligini kafolatlaydi.
“VERIF” kompaniyasining mebeli “TURANLAR” kompaniyasining professional, zamonaviy, Yevropa uskunalarida ishlab chiqariladi. Foydalaniladigan materiallar gigiyenik standartlar, hamda sifat standartlariga muvofiqdir. Mebel ishlabchiqarishda faqat PVX kromkasidan foydalanilib, u o‘zining yuqorichidamliligini tasdiqlagan materialdir.
Biz ham mumtoz, ya’ni klassik, ham zamonaviy shakldagi mebellarni ishlabchiqaramiz va buyurtmalarni bajaramiz, bizning uskunalar korpusmebelining harqanday turlarini ishlabchiqarishga imkoniyat beradi, bular: yotoqxona garnituri, mehmonxona uchun mebel-anjomlari, ostona uchun mebel jamlanmasi, oshxona mebeli va to‘plamlari, kupe-shkaflar, bolalar xonasi uchun mebel, kabinetlar, rahbarlar xonasi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xonasi uchun mebel.
“VERIF” o‘z buyurtmachilariga xizmatlarning to‘liq majmuasini taklif qiladi — materiallarni tanlashda maslahat, xonani o‘lchash, mebelni loyihalashtirish va tayyorlash, yetkazish va o‘rnatib berish. “VERIF” kompaniyasining jamoasi rivojlanish va o‘z ishini takomillashtirib borishga alohida e’tibor qaratadi.